Erta turmush – keltirar tashvish
Poytaxtimizdagi Olmazor tibbiyot kasb-hunar kollejida tashkil etilgan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir shu sahna ko‘rinishi bilan boshlandi.
Mamlakatimizda qizlarning bilim olib, jamiyatga kerakli inson bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida barcha zarur sharoit yaratilgan. Ayniqsa, o‘quv maskanlarida tashkil etilgan «Orasta qizlar» to‘garaklari bo‘lg‘usi onalarni hayotga tayyorlash, erta turmush qurishning oldini olish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida ayollar salomatligini mustahkamlash, erta nikohning oldini olish, qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu kabi vazifalarni amalga oshirishga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Tadbirda o‘quvchilarga mutaxassislar tomonidan qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand ko‘rish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi borasida maslahatlar berildi.
V. PO‘LATOVA