ANTIQA MANTI

Zarur maxsulotlar: xamir uchun 250 gr. un, 125 ml. suv, 2 dona piyoz, 500 gr. qiyma, 1 dona kartoshka, tuz, ismaloq va ko‘katlar kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Iliq suvga tuz solib yumshoq xamir qoriladi. Ismaloq sharbatsiqqichdan chiqarib, unga tuz va un solib, yuqoridagiday xamir tayyorlanadi. Xamirlardan alohida-alohida zuvala qilamiz. Keyin xar bir zuvalani 10 sm. uzunlikda ilon shaklida dumalatib olamiz. Yashil tusli xamirni yoyib, ichiga oq xamirni qo‘yib, atrofini yaxshilab yopib, rulet ko‘rinishiga keltiramiz. 2 sm. qalinlikda ruletni kesib chiqamiz va 10-15 daqiqaga tindirib qo‘yamiz. Xamir tinguncha qiymasini tayyorlab olamiz. Buning uchun piyoz va ko‘katni maydalab to‘g‘rab qiyma bilan aralashtiramiz. Ta’bga ko‘ra ziravorlar solamiz. Tingan xamirni doira shaklida jo‘valaymiz. E’tibor bering, xamirning chetlari yashil, o‘rtasi oq rangda bo‘lishi kerak. Jo‘valangan xamir ichiga qiymani solib, tugib chiqamiz. Tayyor bo‘lgan mantilarni qasqon listlariga terib chiqamiz va 45 daqiqa davomida bug‘da pishirib olamiz.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  KARAMLI PIROG

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: