DORIVOR GIYOHLARNI SAQLASH QOIDALARI

Shifobaxsh o‘tlar xonaning salqin, quruq, bolalarning qo‘li yetmaydigan joyida saqlanadi. O‘t solingan quticha yoki paketni toza karton qutichaga soling va qopqog‘ini mahkam yopib qo‘ying.

Dorivor giyohlarni juda ko‘p miqdorda sotib olmang. Aks holda ularni uzoq vaqt saqlaganda shifobaxshlik xususiyati kamayib qoladi. Qutichaning og‘zini ochib, giyohdan keragini olgach, keyin uni yana mahkam yopib qo‘ying. Yaxshisi uni yelim bilan yopishtirib qo‘ying.

Na’matak va qora qorag‘at (smorodina)ning saqlash qoidalariga juda puxta rioya qilish zarur. Chunki, yorug‘likda, nam xonada, harorat pasayib ketganda bu o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar, avvalo, askorbin kislota kamayib ketadi.

Efir moyi tutadigan o‘simliklar – moychechak guli, dorivor valeriana ildizi, yalpiz va mavrak (cho‘l yalpizi) bargini yaxshilab joylab saqlash juda muhim hisoblanadi. Ularning alohida saqlash lozim. Shundagina ularning o‘tkir va xushbo‘y hidi bir-biriga o‘tib ketmaydi. Shuning uchun bu o‘simliklarni alohida shisha idishlarga solib, og‘zini pergament qog‘oz bilan o‘rab, polietilen qopqoq bilan yopib qo‘yish zarur.

Shifobaxsh o‘tlarni oziq-ovqat mahsulotlari, yangi hamda sarxil meva va sabzavotlar, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar yonida saqlash mumkin emas.

Xonadagi nam havo, yuqori harorat shifobaxsh o‘simliklarda, xususan, ularning tarkibida qand bo‘ladigan mevalarda turli hasharotlarning ko‘payishiga olib keladi.

U. SULTONOVA,

P. Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  SPAGETTI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: