EGILUVCHAN DISPLEY
Fan-texnika olamida har kuni yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda.
Ana shunday ixtirolardan biri bukiladigan va o‘rama shaklga aylantirish mumkin bo‘lgan smartfonlar ishlab chiqarish Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Avvallari displeylarning shaffoflik darajasi 10 foizdan oshmagan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 40 foizga yetdi. LG kompaniyasi joriy yilda bu kabi gajetlarni ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘ymoqchi.
D-OLED texnologiyasi ko‘magida yaratilayotgan ekran shishadan emas, aksincha plastikdan ishlab chiqariladi. Sababi shishali displeylarga nisbatan plastik ekranlar kengroq imkoniyatga ega. Shuningdek, u yengil va yupqaligi bilan ham foydalanuvchilar uchun ko‘proq qulaylik yaratadi.
Nargiza NISHONOVA