ShIFOKORLAR JAMOASI MUNDIALDA ISHTIROK ETADI

Futzal bo‘yicha shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilgan Toshkent shahar birinchiligida bu yil Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi shifokorlaridan iborat jamoa g‘olib bo‘ldi.

Ushbu jamoa bunga qadar uch marta “Nobel Cup” sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi. O‘zbekiston shifokorlar terma jamoasi ayni vaqtda yozda Kataloniyaning Barselona shahrida bo‘ladigan shifokorlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Ta’kidlash joizki, xalqaro musobaqalar hamyurtlarimiz uchun yangilik emas. Shifokorlarimiz Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Rossiya, Belarus va Ukraina terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Hisobot yig‘ilish o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: