KULGI-SHIFO
– Senga chapaqayliging xalaqit beradimi, oshna?
– Yo‘q. Hamma odamning, albatta, bitta kamchiligi bo‘ladi, mana, masalan, sen choyni qaysi qo‘ling bilan aralashtirasan?
– O‘ng qo‘lim bilan!
– Ana, ko‘rdingmi! Aqli butun odam choyni qoshiq bilan aralashtiradi!
Ota o‘g‘ildan so‘radi:
– Akang tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qildi?
– O‘yinchoq,
– Nima deyish kerak?
– “Bor-yo‘g‘i shumi?”