Milliy liboslar namoyishi
Namanganda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Qo‘li guldir o‘zbek ayolin” deb nomlangan festival bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Festivalda talabalar, mahallalar qoshidagi o‘quv markazlari dizayner, modelyer va tikuvchilar, yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan chevarlarning liboslari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Atlas, adras, banoras, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan zamonaviy liboslar, turli yoshdagilar uchun mo‘ljallangan mavsumbop liboslar, sport kiyimlari barchaning e’tiborini tortdi.
Tadbirda Namangan shahrida yakka tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan chevar-dizayner Tamanno Saidmahmudovaning liboslar turkumi yuqori baholanib, birinchi o‘ringa munosib topildi. Viloyat markazidagi “Hilolabonu” va “Madinabonu” o‘quv markazlari chevarlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Mirolim ISAJONOV,
Namangan viloyati