Minnatdorlik maktubi
Inson salomatligidan qadrliroq ne’mat bo‘lmasa kerak. Buni ayniqsa, tobing qochganida har qachongidan-da chuqurroq his etasan. Betob bo‘lib qolganingda atrofingdagi mehribon, xushfe’l insonlarning ko‘magidan bahra olishing qanday baxt.
Sog‘lig‘imni mustahkamlash maqsadida Bo‘stonliq tuman “Tovoqsoy” sihatgohida dam oldim. U yerda yaratib berilgan sharoitlardan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarilgan bo‘lsa, jonkuyar va mas’uliyatli shifokor va hamshiralarning xizmatidan yanada mamnun bo‘ldim. Bosh shifokor Nurali Yuldoshev, shifokor Abdurashid Nosirov, hamshiralar Sayyora Bahodirova, Yulduz Salohiddinova, Ilvina Bahodirovalar yaxshi dam olishimga katta hissa qo‘shishdi.
Ularning beminnat ko‘rsatgan xizmatlari yordamida, qolaversa, sihatgohda yaratilgan sharoitlardan ham ruhiy, ham madaniy hordiq chiqarib qaytdim. Buning uchun muassasa xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Ularning keyingi hayot va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Malohat NAZAROVA