QISHLOG‘IMGA

Tillokamar qishlog‘i

So‘lim go‘sha har yog‘i.

Oqib o‘tar katta daryo

Yam-yashildir gulbog‘i.

Adirlari zo‘r o‘tloq,

O‘ynashar qo‘zi uloq.

Uzoqdan oqib kelar

Xo‘jamayxona buloq.

Bog‘u-bo‘ston chorbog‘i,

Bor baland Boysun tog‘i.

Chiroyli bo‘lib ketar

Ayni kun botar chog‘i.

Doston BO‘RIYEV,

Surxondaryo viloyati, Boysun tumani

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: