ERTAKLAR – orzularga yetaklar

Barchamiz ham bolalikdan ertak eshitib katta bo‘lganmiz. Hozir ham ba’zan onalarimiz jiyanlarimizga ertak aytib berayotganida jon qulog‘imiz bilan tinglaymiz, go‘yo yana o‘sha bolalik olamiga qaytgandek, qahramonlar bilan birga hayot kechirayotgandek his qilamiz o‘zimizni.

Shunday vaziyatda ertaklar faqatgina insonni yaxshilik, ezgu amallar sari yetaklaydi, degan xulosaga kelamiz. Hech e’tibor berganmisiz, maktabgacha ta’lim muassasalariga borganingizda ertak qahramonlariga boy suratlarga ko‘zingiz tushganida yonidan shunchaki ko‘z yumib o‘tib ketolmaysiz. Chunki undagi ertak qahramonlari, tasvirlanayotgan manzara sizni o‘ziga tortmasdan qolmaydi. Tasvirdagi voqea ko‘z oldingizda jonli gavdalangandek bo‘ladi. Beixtiyor boshqa olamga tushib qolasiz. Ertakning asl mohiyati ham shunda bo‘lsa ajabmas. Shuning uchun bo‘lsa kerak bolalar ertak tinglashni xush ko‘rishadi. Chunki, ertaklar bola ruhiyatida muhim rol o‘ynaydi. Afsonaviy qahramonlar kichkintoylar fe’l-atvori, ichki dunyosi va dunyoqarashiga ta’sir etmay iloji yo‘q. Shuning uchun ham xalqimiz qadimdan bir-biridan qiziqarli ertaklar aytib berib, o‘z farzandlarini tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan.

Ota-onalarning farzandi bilan hamkorligidagi ertak aytish va tinglash jarayoni esa bolaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday vaziyatda o‘rtadagi mehr yanada ortadi. Bundan tashqari kattalarning “Bugun nima haqida ertak aytib beray? ” – degan so‘rog‘i boladagi o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Shunda ota-onaning farzandining nimalarni xohlashi, dunyoqarashi qanday rivojlanayotganini ham kuzatib borishiga zamin yaratiladi. Qo‘rqinchli va zerikarli ertaklar bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. “Uch og‘ayni botirlar” haqidagi ertak farzandingizda o‘zaro ahillik, mardlik va qahramonlik, to‘g‘rilik kabi xislatlarning shakllanishiga yordam beradi. Shu bois qadimdan bu ertak barcha bolajonlarga aytib kelingan va hozirga qadar kichkintoylar “Uch og‘ayni botirlar”ni juda yaxshi ko‘rib tinglashadi.

Bundan tashqari rasmli kitoblar orqali o‘zingiz ertaklar ma’nosini, uning qahramonlariga xos bo‘lgan ijobiy xislatlarni tushuntirib borsangiz, bu ularga yaxshi ta’sir qiladi va tushunib yetgan narsalarini tezda unutib yubormaydilar. Buning ustiga, farzandingiz ongida to‘g‘ri fikrlay olish, tahlil qilish qobiliyatini ham shakllantirib borasiz.

Shuni alohida e’tibor berish joizki, tanlangan kitoblarning suratlarida milliylik, yaxshi fazilat, qahramonlar ko‘zlarida ifoda etgan sharqona ruh bo‘lsagina ularni xarid qilgan ma’qul. Iloji boricha, farzandingizga “O‘zbek xalq ertaklari” kitobini olib bering. Boshlang‘ich sinfga borganida ham unga bunday kitoblarni hadya qilib turing. Shunda farzandingiz kitobga mehr qo‘ya boshlaydi.

Яна ўқинг:  Коррупцияга қарши курашиш – фаровон ҳаёт кафолати

“Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” – deya bejiz aytmagan dono xalqimiz. Shunday ekan, bolalarga hamisha yaxshi ertaklar aytib berishdan, ularning qalbi va ichki dunyosini anglashdek mas’uliyatli vazifadan aslo o‘zingizni chetga olmang.

Aziza ASOMUTDINOVA,

O‘zMU jurnalistika fakulteti talabasi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: