Jahongir Londonda peshqadam

Angliyada shaxmat bo‘yicha an’anaviy festival davom etmoqda.

O‘z tarixida 91-marotaba tashkil etilayotgan “Hastings International Chess Congress” turnirida yosh grossmeysterimiz Jahongir Vohidov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Festivalning asosiy turniri “Tradewise Hastings Masters” bo‘lib, aynan ushbu musobaqada Jahongir Vohidov 8-turda oq donalarda 4-pog‘onadan joy olib turgan vengriyalik Fodor Tamashni mag‘lub etdi. Musobaqa peshqadamlari – vengriyalik Ferens Berkesh va polshalik Aleksander Mista esa o‘zaro uchrashuvda durangga imzo chekishdi. Bu esa Jahongir Vohidovning 6, 5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib olishi uchun xizmat qildi. Endi hamyurtimiz so‘nggi turda qora donalarda turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi Igor Xenkinga qarshi bahs olib boradi. Germaniyalik bu grossmeyster 6 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Yana o‘qing:  QALBLARGA EKILGAN MEHR DARAXTI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: