Nogironlik muddatsiz tayinlanishi mumkinmi?

Nogironlik guruhining muddatsiz belgilanishi haqida eshitgandim. Kimlarga va qanday hollarda nogironlik muddatsiz tayinlanishi mumkin?

O.VOSIQOVA,

Toshkent shahar Yunusobod tumani

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-sonli Qarorida nogironlik guruhi muddatsiz belgilanadigan fuqarolar xususida to‘xtalib o‘tilgan.

Bunga binoan:

– 60 yoshdan katta nogiron erkaklar va 55 yoshdan katta nogiron ayollar;

– Hamda keyingi 5 yil va undan ortiq yil mobaynida nogironlikning birinchi yoki ikkinchi guruhi belgilangan, 5 yil mobaynida davolash – profilaktika muassasalarida to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tgan, reabilitatsiya dasturlari bajarilgan, shuningdek, reabilitatsiyaning barcha turlari istiqbolsiz bo‘lgan, tiklanmaydigan anatomik – funksional buzilishlar yoki zo‘rayuvchi kasalliklarga duchor bo‘lgan nogironlar;

– Shuningdek, oxirgi 7 yil mobaynida nogironlik guruhi o‘zgarmagan nogironlariga nogironlik guruhi muddatsiz tayinlanishi belgilangan.

Hosiyat ISAYEVA,

Poytaxtimizdagi Chilonzor tumanidagi 5-sonli DNI notariusi

Yana o‘qing:  Madaniyat va sport: tashabbus va tahlil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: