Madaniyat va sport: tashabbus va tahlil

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan 2015 yilda madaniyat, san’at, sport sohalarida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida vazirlikning boshqarma boshliqlari, vazirlik tizimidagi muassasa va tashkilotlarining mas’ul xodimlari, 2015 yilda yuksak natijalarga erishgan soha vakillari ishtirok etdi.

– Joriy yilda 97 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 26 ta madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi. Respublikamizning barcha hududlarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan jami 1 ming 85 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda bayram tantanalari o‘tkazildi, – deydi O‘zbekis­ton Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Farhod Jo‘rayev.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning mahoratini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2015 yilda aholining keng qatlamlari o‘rtasida 8 mingga yaqin ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi. Sportchilarimiz olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda 311 ta oltin, 274 ta kumush, 276 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda 2016 yilda madaniyat va sport sohalarini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan ishlar haqida ham so‘z bordi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Nogironlik muddatsiz tayinlanishi mumkinmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: