Karla FODOR. ONA ZAKOVATI

Odamzot hayotini nurafshon qilgan lampochkaning ixtirochisi sifatida tarixda qolgan Tomas Edison bir kuni maktabdan maktub keltirdi: “Janob direktor buni sizga berib yubordi”, deb uni onasiga tutqazdi.

Maktubni hayajon bilan ochgan onaning ko‘zi jiqqa yoshga to‘ldi. Keyin o‘ziga hayrat bilan qarab turgan bolasiga maktubni ovoz chiqarib o‘qib berdi: “O‘g‘lingiz o‘ta iqtidorli. Bizning maktabimiz unga va uning salohiyatiga torlik qiladi. Yaxshisi uni uyda maxsus muallim yollab o‘qita qoling”.

Oradan yillar o‘tdi. Dunyoga ulkan ixtirochi bo‘lib tanilgan Edisonning onasi vafot etdi. Kunlarning birida onasining eski javonini titkilayotgan Tomas kitob orasiga avaylab taxlab qo‘yilgan, sarg‘ayib ketgan xat topib oldi. Qo‘llari titrab maktabni ochib o‘qiy boshladi: “O‘g‘lingiz o‘ta layoqatsiz. Uni o‘qitish befoyda, deb hisoblaymiz. Ertadan maktabga kelmasin, kiritmaymiz”. Edison maktubni yopgach, uzoq vaqt o‘zini yig‘idan to‘xtata olmadi. Ancha tinchlanib olgach, “Xotiralar daftari”ga quyidagi satrlarni yozib qo‘ydi: “Edison juda kaltafahm bola edi. Biroq, onasining beqiyos topqirligi tufayli yuksak iqtidor sohibiga aylandi.

Rus tilidan Gulnoza NORBOYEVA tarjimasi

Yana o‘qing:  HUQUQBUZARLIKLARNING OLDI OLINMOQDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: