BARKAMOL AVLOD – YURT KELAJAGI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 45-umumta’lim maktabida yosh avlodning barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Zamon talablari asosida jihozlangan sinf xonalari, texnologik vositalar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Adabiyotlarga boy Axborot-resurs markazi doim yoshlar bilan gavjum. Fan va sport yo‘nalishida 20 ga yaqin to‘garak ishlab turibdi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.