So‘zoynak (2015-50)
Otaxon bozorni aylanib quruq mevalar rastasiga keldi. O‘ziga oro berayotgan xushbichim sotuvchi ayolga yuzlanib dedi:
– Qizim, xandon pista necha pul bo‘ldi?
Juvon beparvo javob berdi:
– Bir yuz yigirma, so‘rayverasiz?..
– Bodomchi?..
– Oltmish, so‘rayverasiz…
– Tushunarli…
O‘yga tolgan otaxondan juvon qiziqsinib so‘radi:
– Otaxon, yoshingiz nechada?
– Bir yuz yigirmada, so‘rayverasiz!!!