AJOYIB KURTKA
Hozirda kashfiyotlar nafaqat texnika, ilm-fan taraqqiyotida qo‘lga kiritilmoqda, balki bugungi kunning eng yetakchi sohalardan biri sanalayotgan dizayn sohasi ham o‘z kashfiyotlari bilan insoniyatni hayratda qoldirmoqda.
Dizaynerlar tinim bilmay insonlar uchun qulay bo‘lgan kiyimlar yaratishdan charchamaydi. Shunday dizaynerlardan biri Kler Makkardel erkaklar uchun uzoq yo‘lga mo‘ljallangan, ajoyib kurtka yaratdi.
“Venture Heat” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur kurtka isitish tizimiga ega. Ixtirochi unga “Evolve” deb nom berdi. Kiyim neytral (ko‘zga tashlanmaydigan) rangda bo‘lib u paxta tolalaridan tayyorlangan. Kiyimning ichki qavati yumshoqqina issiq matodan iborat. Uning o‘ziga xosligi shundaki, kiyimning ichki tomonida qizdiruvchi va egiluvchan plastinlar mavjud. Bu plastinlarning ikkitasi ko‘krak qafasida joylashgan bo‘lsa, bittasi orqa tomon (bel qismida)dan o‘rin olgan. Mazkur plastinlar egasining harakatlarini cheklamaydi. U insonni qulay va yuqori darajadagi issiqlik bilan ta’minlab, unga noqulaylik tug‘dirmaydi.
G. EGAMBERDIYEVA