Mehri malham shifokorlar

Yurtimizda keksalar doimo izzatda, hurmatda. Bu ezgu an’ana joriy yilda yanada keng quloch yozdi. Keksalarni e’zozlash yilida minglab nuroniylarning sog‘lig‘i tiklandi, davlatimiz tomonidan qariyalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik tufayli ularning umriga umr qo‘shilmoqda.

Umr – insonga ato etilgan ulug‘ ne’mat. Uni mazmunli o‘tkazishda eng muhim omillardan biri, shubhasiz, sog‘liq-salomatlikdir. Buni biz, biror-bir a’zoimiz bezovta qilganida teranroq his etamiz, anglaymiz. To‘g‘ri-da, agar vujud sog‘-salomat bo‘lsa, ruhiyat ko‘tariladi, ulug‘vor maqsadlar sari intilamiz.

Shu o‘rinda yaqinda boshimdan kechirgan bir voqeani aytib bermoqchiman.

Yoshim yetmishda, faxriy o‘qituvchi-pedagogman. To‘satdan shu yilning avgust oyi oxirida jigarimdagi qattiq og‘riq tufayli akademik V. Vohidov nomidagi Res­publika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markaziga shoshilinch yotqizildim. Juda og‘ir jarrohlik amaliyotini boshimdan o‘tkazdim. Ochig‘i, yashashdan umidimni uzgandim. Lekin bu yerdagi pokiza qalbli shifokorlar menga umid bag‘ishlab, yana hayotga qaytishimga sababchi bo‘lishdi. Ayniqsa, tibbiyot fanlari doktori Mirshavkat Akbarov boshchiligidagi shifokorlarga alohida minnatdorlik bildiraman.

Muolaja davomida boshqa bemorlar bilan suhbatlashib bildimki, markaz so‘nggi rusumdagi tibbiyot jihozlari, asbob-uskunalar bilan to‘la jihozlangan. Barcha tekshiruv va tashxislar shu joyning o‘zida amalga oshirilar, bo‘limlarda malakali shifokorlar inson hayoti uchun kurash olib borisharkan. Muhimi, bu yerda xonalar shinam, toza va ozoda, shifokor hamshiralar odamoxun va mehribon, e’tiborli insonlar ekan. Ayniqsa, markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor, yuksak qalb sohibi Feruz Nazirovning xizmati tahsinga sazovor.

Shaxsan, men yetti nafar farzand, o‘ttizdan ortiq nabira, evara, chevaralarning buvisi sifatida bunday mas’uliyatli va sharafli kasb egalari oldida ta’zim qilaman, ularning fidokorona mehnatlariga tahsin aytaman. Chunki, ular ozod va obod yurtimizning har bir fuqarosi salomatligi yo‘lida tunni kunga ulab xizmat qilmoqdalar.

Bu muhtaram yurtdoshlarimga hech qachon qo‘lingiz dard, dilingiz gard ko‘rmasin, el-yurt xizmati yo‘lida aslo charchamang, deyman.

Matluba OCHILOVA,

mehnat faxriysi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani

Yana o‘qing:  ZAMONAVIY SPORT ZALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: