Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik

Poytaxtimizda Yevropa Ittifoqining ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, talabalar ishtirok etdi.

Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik keng yo‘lga qo‘­yilgani samarasida mamlakatimiz yoshlari xorijdagi nufuzli ta’lim dargohlarida bilimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Yevropa Ittifoqining ta’lim ko‘rgazmasi ushbu hamkorlik doirasida tashkil etildi. Unga tashrif buyurgan yoshlar Yevropada tahsil olish imkoniyatlari, bu boradagi yangiliklar bilan tanishdi.

O‘zbekiston va Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik “Tempus” va “Erazmus Mundus” xalqaro ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari ushbu dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Tadbir tashkilotchilarining so‘zlar iga ko‘ra, mazkur dasturlarni birlashtirgan, 2014–2020 yillarga mo‘ljallangan “Erazmus Plyus” dasturida oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki yanada samarali bo‘ladi. “Erazmus Plyus” Yevropa Ittifoqining ta’lim, kasb-hunar ta’limi va sport sohasidagi dasturi bo‘lib, u turli mamlakatlar talabalariga Yevropa oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish, universitetlar o‘qituvchilariga o‘z malakasini oshirish imkonini beradi.

Ko‘rgazmada “Erazmus Plyus” ta’lim dasturi, Britaniya Kengashi, Germaniya, Fransiya kabi davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari Yevropa universitetlarida ta’lim olish va malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslarini taklif etdi. Ishtirokchilarga o‘quv dasturlari va mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi, maxsus treninglar o‘tkazildi.

M. XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  TISHLAR HAQIDA BAHSLI FIKRLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: