SIFATLI DORI VOSITALARI SALOMATLIK TAYANChI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniya­si farmatsevtika bozorida ishonch bilan faoliyat yuritib kelayotgan va izchil rivoj­lanayotgan, 90 yildan ortiq davrdan beri respublika aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini keng turdagi sifatli dori vositalari bilan ta’minlayotgan ulgurji-chakana korxonalardan biri hisoblanadi.

Qishloq joylarda ko‘chma dorixonalar faoliyati yildan-yilga kengaymoqda. Bugungi kunda 14 ta maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli izotermik avtofurgon, 50 ta “Damas” avtomobili chekka hududlardagi aholiga dori-darmon yetkazib bermoqda. Ular tomonidan joriy yilda qiymati to‘rt milliard so‘mdan ko‘proq dori vositalari savdosi amalga oshirildi.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining omborxona va dorixona muassasalarida zamonaviy dori vositalarini keng assortimentda (2, 5 mingdan ortiq nomdagi) hamda arzon narxlarda doimiy mavjudligi aholi va byudjet tashkilotlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, jahon tibbiyotida dorivor o‘simliklardan olingan shifobaxsh vositalarga ehtiyoj yildan-yilga oshib borayotir. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan bu yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish maqsadida 2018 yilga qadar 65 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar doirasida o‘simlik xomashyosini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha yangi sex va korxonalar, mahsulotlarni saqlash omborlarini barpo etish mo‘ljallangan.

Tadbirda kompaniya faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar xususida ma’lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

G. ShIRINOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  IKKI AVLOD UCHRASHUVI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: