O‘ZBEKISTONDA KARDIOLOGIYa SOHASI ISTIQBOLLARI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda kardiologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, ushbu yo‘nalishdagi davolash muassasalarining zamonaviy ko‘rinish olayotganligi va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida kardiodispanserlar, ikkita viloyatda esa maxsus ixtisoslashtirilgan markazning filiallari tashkil etilgan. Shahar va tuman poliklinikalarining 380 ta kardiologik kabinetlarida malakali shifokorlar tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida tibbiyot sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot muassasalari jahon andozalari talab­lariga javob beradigan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Yuqori texnologik davolash va diagnostika usullari amaliyotga keng joriy etildi. Kardiologiya markazida oxirgi besh yillikda rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi tashkil etildi va bu bo‘lim zamonaviy angiografik uskuna bilan jihozlandi. Hozirgi kunda koronarangiografiya – yurak tojsimon arteriyalarining toraygan qismlarini aniqlash, ularga stent (naycha) o‘rnatish kabi texnologik usullar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kardiologiya markazida yiliga mingdan ortiq bemorda ushbu davolash amaliyoti qo‘llanilyapti. Bunday usul bilan davolash orqali yurak qon tomir kasalliklarining eng og‘ir turi bo‘lmish miokard infarktining oldi olindi.

Hozirgi kunda Namangan viloyati kardiologiya markazida koronarangiografiya va stentlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va vodiy ahliga xizmat ko‘rsatayapti. Endigi navbatda Xorazm, Farg‘ona, Buxoro va boshqa viloyat kardiologiya dispanserlarida ham bunday usulni yo‘lga qo‘­yish rejalashtirilgan.

Yana bir yuqori texnologik usul – yurakning murakkab aritmiyalarida qo‘llanadigan radiochastotali ablatsiya (RCHA) va yurak blokadalarida elektrokardiostimulyasiya (EKS) usullari Kardiologiya markazida amalga oshirilmoqda.

Bu yil Kardiologiya markazida kardiojarrohlik bo‘limi ishga tushirildi. Markazda xorijiy kardiologik klinikalar bilan hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilgan. Yosh shifokorlar Rossiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Polsha kabi xorijiy davlatlarning yetakchi kardiologik klinikalarida o‘z malakalarini oshirib kelishdi. Shuningdek, ushbu davlatlarning nufuzli klinika rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va ko‘zga ko‘ringan olimlari ushbu muassasaga tashrif buyurishib, o‘zbekistonlik mutaxassislarga “Mahorat dars­lari” ni o‘tishdi.

G.ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: