DIABET OYLIGI YAKUNLANDI

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan noyabr oyi Diabet oyligi sifatida o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida vazirlik tomonidan “Mamlakatimizda 2015 yil noyabr oyida o‘tkazilgan Diabet oyligi yakunlari” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.

Ushbu matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutasaddi vakillari markazi ommaviy axborot vositalari xodimlari amaliyotchi shifokor – endokrinologlar ishtirok etishdi.

Tadbirda sohaning nufuzli mutaxassislari qandli diabetning 1–va 2-turi, uning klinikasi va bir-biridan farqli, shuningdek, ushbu xastalikning kelib chiqish sabablari, oqibatlari hamda profilaktikasi haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdilar.

Gulchehra XAYRULLA qizi

Yana o‘qing:  KONSTITUTSIYa – MENING TAQDIRIMDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: