MITTI HARORAT O‘LCHAGICH

Bola kasal bo‘lib qolsa ota-­ona uchun katta tashvishdek tuyuladi. Axir har 10 daqiqada bolaning haroratini o‘lchab turish lozim. Kasal bolakay ota-­onasining hayotini yengillashtirishga qaratilgan “aqlli” harorat o‘lchagich plastir ko‘rinishiga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan.

“Fever Scout” – mitti qurilma bo‘lib, u bola tanasiga yopishtiriladi va har daqiqada uning holati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni ota-onaning smartfoniga yo‘llaydi. Qurilma yengil elastik xom ashyodan yasalgan bo‘lib, osongina badanga yopishtiriladi va shilinganda ham og‘riqsiz olinadi. Harorat o‘lchagichdagi barcha ma’lumot yig‘iladi va real vaqt ichida, ota-­ona smartfonidagi maxsus mobil dasturga yo‘llanadi. Bu tunda bir necha marta turish va bolani uyg‘otgan holda uning haroratini o‘lchashga ehtiyoji bo‘lmaydi. Smartfon ekranida maxsus dasturni ochishning o‘zi kifoya. Mobil dastur barcha ma’lumotlarni qulay grafiklarga ajratadi va ularni o‘z xotirasida saqlab qo‘yadi. Bu holatda ota-ona harorat ko‘tarilishi dinamikasini kuzatish va u yoki bu dori qanday ta’sir ko‘rsatgani to‘g‘risida ma’lumotlarni bilib oladilar.

Bundan tashqari xotiradagi har bir vaqtga o‘z izohlarini yozish imkoniyati ham mavjud. Masalan, bola nimadan shikoyat qildi, kasallik belgilari, dorilarning nomi va hokazolar. Kerak bo‘lganda esa bu kasallik tarixini davolovchi vrachga to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron pochta orqali jo‘natish mumkin.

“Fever Scout”ning asosiy funksiyalaridan biri eslatmalar va ovozli signallarni jo‘natish imkoniyatidir. Kechasi dastur bolaning harorati ko‘tarilsa u “budilnik” sifatida ishlab ota-onalarni uyg‘otadi. Kunduz kuni esa, ma’lumotlarni ota-onaning smartfoniga yo‘llab, ularni tezroq uyga qaytishga chorlaydi. Buning ustiga qurilma chiroyli va yoqimli dizaynga ega bo‘lib, tibbiy buyumni umuman eslatmaydi va kayfiyatni ko‘tarib turadi.

G.EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Yosh ijodkorlar ko‘rgazmasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: