O‘ZBEK POLVONLARI JAHONDA TENGSIZ

Eronning Xurramobod shahrida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan X jahon chempionatida hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Dunyoning ellikdan ziyod mamlakati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan polvonlarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Chempionatda Temurxon To‘rayev, Erkin Doniyorov, Muhsin Hisomiddinov, Ma’ruf G‘aybullayev, Davlat Abrayevlar o‘z vazn toifasida oltin, Ruslan Boltayev va Bekzod Karimov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yana bir hamyurtimiz Rahmon Jumayev kumush, Mirjon To‘xtayev bronza medalni qo‘lga kiritdi. Mutlaq vaznda o‘tkazilgan qiziqarli bellashuvda Muhsin Hisomiddinov uchinchi o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston aholisi soni 32 million kishidan oshdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: