SOG‘LOM TURMUSH – SALOMATLIK GAROVI
Chilonzor tibbiyot kollejida Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Orasta qizlar kengashi” tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi-barqaror salomatlik garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kollejning Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Munira Zuparova so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarzi mavzusida – unumli mehnat, sport bilan muntazam shug‘ullanish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, tartibli ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish hamda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish borasida atroflicha to‘xtaldi.
Mutaxassislarning fikricha sog‘lig‘imizning tibbiy xizmatga 8-10 foizi, irsiy omillar 20 foiz, atrof-muhitning ta’siri 20 foiz va 50 foizdan ko‘prog‘i turmush tarzimizga, ya’ni o‘zimizga bog‘liq ekan.
Ch. XUSHVAQTOVA
“Sog‘lom avlod” muxbiri