TABIIY DORI VOSITALARINI ISHLAB ChIQARISH ORTDI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ular asosida dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zfarmsanoat” DAK tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar” to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mamlakatimiz o‘rmon, cho‘l-qir va adir hamda tog‘li qo‘riqlanadigan hududlarida yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, butalar, reza mevalar ularning dorivor xususiyatlari haqida so‘z yuritildi.

Yurtimizda farmatsevtika sanoatida tabiiy dorivor o‘simliklar xom ashyosi asosida dori vositalari ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. dorishunos mutaxassislar fikriga ko‘ra dunyo bo‘yicha ham aholi o‘rtasida tabiiy dori vositalariga qiziqish ortmoqda.

Ayni paytda yurtimizda to‘rt ming gektar maydonda sanoat plantatsiyalari barpo etilgan bo‘lib, farmatsevtika sanoati uchun dorivor, noyob turdagi o‘simliklarni yetkazib berishga mamlakatimizda 78 ta korxona litsenziyaga ega bo‘ldi. Mutaxassislar yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini hisobga olish, ularning xaritasini tuzish, zaxiralarini aniqlash hamda ularning noyob turlarini madaniylashtirishga katta e’tibor qaratishni alohida ta’kidlashdi.

Gulchehra ShIRINOVA

Yana o‘qing:  “Shirin” kasallikning achchiq oqibatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: