BOLALARGA TA’TIL TUHFASI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Respublika Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar, alohida e’tiborga muhtoj oilalar farzandlari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

“Ona Vatan tarixi” shiori ostida tashkil etilayotgan bu kabi sayohatlar o‘g‘il-qizlarning ta’tilni maroqli o‘tkazishi, ular qalbi va ongida ona Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bolalar Registon maydoni, Samarqand tarixi muzeyi, Amir Temur maqbarasi va boshqa tarixiy obidalar, shuningdek, zamonaviy san’at, madaniyat va sport majmualari, madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar, istirohat bog‘lari bilan tanishdi.

– Mamlakatimizda har bir o‘g‘il-qizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, – deydi poytaxtimizdagi 102-sonli maxsus-maktab internati tarbiyachisi Matluba Hidoyatova. – Bu kabi tadbirlar o‘g‘il-qizlarimizning tafakkurini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish, jismoniy va ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Abbos ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  Tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimiga 20 yil: anjumanda galdagi vazifalar belgilab olindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: