MAKARONLI “ANTIQA ChUCHVARA”
Zarur mahsulotlar: 500 gr. chig‘anoq shaklidagi makaron, 450 gr. qiyma, ta’bga ko‘ra tuz, murch. Qaylasi uchun: 1 stakan qatiq, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 150 gr. saryog‘, 4 qoshiq tomat, 1 choy qoshiqda quruq yalpiz.
Tayyorlanishi: piyozni mayda to‘g‘rab, tuz, murch va biroz suv qo‘shib qiymaga solib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor qiyma bilan makaronlarning ichini to‘ldirib chiqamiz. Keyin ularni qaynab turgan tuzli suvda 10-12 daqiqa davomida pishiramiz. Makaron pishguncha tovada o‘rtacha olovda sariyog‘ni eritamiz. So‘ngra erigan saryog‘ga tomatni qo‘shib ozgina qovuramiz. Mayda to‘g‘ralgan sarimsoqpiyozni qatiqqa solib, uni yaxshilab aralashtiramiz.
Pishgan makaronlarni suvdan olib ustidan qatiq quyib, so‘ngra tayyor qaylani quyamiz. Taomni dasturxonga tortishdan oldin qurigan yalpizni yuvib uning ustiga sepamiz.
BEGOYIM tayyorladi