KASALLIK SURUNKALI TUS OLMASIN, DESANGIZ…

Prostatit-prostata bezining yallig‘lanish kasalligi erkaklar ichida eng ko‘p tarqalgan urologik kasallik hisoblanadi. Ushbu xastalikning kelib chiqishiga asosiy sabab prostata beziga infeksiyaning tushishidir. Prostata beziga infeksiya qovuq, peshob yo‘llari, to‘g‘ri ichak, qon va limfa tomirlari orqali tushishi mumkin.

Faqatgina infeksiyaning ush­bu a’zoga tushishi kasallikni hamma belgilarini hali to‘liq namoyon qila olmaydi. Xastalikni to‘liq hamma jarayonlari ko‘zga ko‘rinib, bemorni bezovta qilishi uchun kasallikni kelib chiqishiga moyillik qiluvchi omillar bo‘lishi kerak. Ushbu moyillik qiluvchi omillarga organizmning sovuq qotishi, doimiy o‘tirib ishlash, qabziyat (ich qotishi), ayrim sabablarga ko‘ra uzoq vaqt jinsiy hayotdan uzoq bo‘lish, kam harakat hayot tarzi, a’zolardagi surunkali kasalliklar, boshdan o‘tkazilgan urologik va venerik xastaliklar bemorlarda prostatit rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi. Yuqorida aytib o‘tilgan kasallik kelib chiqishiga mo­yillik qiluvchi jarayonlar pros­tata bezida qon aylanishi buzilishiga olib kelib, mikrobni bezning ichiga kirib kelishini osonlashtiradi.

Bu holat mikrobni prostata bezi to‘qimasida ko‘payishi va yallig‘lanishiga olib keladi. Kasallik o‘tkir va surunkali pros­tatit ko‘rinishida o‘zini namoyon qiladi. O‘tkir prostatitda shikoyatlar o‘tkir boshlanib, tana haroratining ko‘tarilishi, chot oralig‘i, chov, qovuq ustidagi og‘riqlar va qiyinchilik bilan peshob chiqarish ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin ko‘pincha prostatit surunkali tarzda bemorni bezovta qilmagan holda boshlanadi. Prostatit kasalligining alomatlari juda ko‘p. Biroq, uning ilk belgilarining ayrimlarini o‘z vaqtida ilg‘ash qiyin. Xastalikning asosiy belgilaridan biri og‘riq hissi bo‘lib, ko‘pincha u bemor tinch, osoyishta bo‘lgan paytda paydo bo‘ladi. Og‘riq asosan moyaklarda, qovuq ustida va belda bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda prostatit radikulit bilan aralash kechganligi sababli beldagi og‘riqning ketishi ancha mushkuldir. Agar yallig‘lanish jarayoni qo‘shni a’zolar, urug‘ do‘mboqchasi yohud peshob chiqaruv kanaliga o‘tsa, bunday holatda peshob chiqarish og‘riqli kechishi ham kuzatiladi. Goho bemorda jinsiy qo‘zg‘alish va urug‘ chiqish paytida ham og‘riq hissi kuzatiladi.

Dardning eng ko‘p uchraydigan asosiy belgilardan yana biri peshob chiqarish jarayonida patalogik o‘zgarishdir. Bemorlarda tez-tez va biroz qiynalib peshob chiqishi hamda uning tomchilashi kuzatiladi.

Kasallikning umumiy belgilari juda ko‘p bo‘lib, bemor jizzakilik, uyqu buzilishi, behollik, ish qobiliyatining pasayishi, chanqash, og‘iz qurishidan shikoyat qiladi. Vaqt o‘tishi bilan bemorlarda jinsiy quvvat susayadi. Shuning hisobiga bemorda yuqoridagi aytib o‘tilgan asab bilan bog‘liq shikoyatlar avjiga chiqadi.

Yana o‘qing:  Teran nigohlar

Prostatitning o‘tkir holati kuzatilganda bemorlar darhol shifokorlarga murojaat etsa, lekin surunkali kasallik bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha o‘z holicha uy sharoitida davolanishni ma’qul ko‘rishadi. Surunkali prostatit qo‘zishi qayta-qayta kuzatilganda prostata bezidagi yallig‘lanish jarayonlari kuchayadi. Shuning hisobiga bu kasallikning asoratlari kelib chiqadi. Ko‘pincha bu asoratlarga urug‘ pufagining yallig‘lanishi (vezikulit), moyak va uning ortig‘ini yallig‘lanishi (orxoepididimit) bilan namoyon bo‘ladi. Natijada o‘z vaqtida davolanmagan prostatit jinsiy ojizlik va erkaklik bepushtligiga sabab bo‘ladi.

Bahodir RAHMATULLAYEV,

tibbiyot fanlari nomzodi,

“Andrologiya” tibbiyot markazi shifokor-urologi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: