Jamg‘arma faoliyatidan (2012/52)

Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Jizzax shahri 8-sonli maktabda jami 162 nafar maktab o‘quvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik davomida o‘quvchilarga “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” va “Qarindoshlar o‘rtasida nikoh nima uchun xavfli?” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Qorovulbozor tumanidagi harbiy qismda jami 210 nafar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Nukus shahri 17-sonli va 27-sonli maktablarda, 1-sonli Akademik litseyda o‘smir qizlarni hayotga tayyorlash mavzusida jami 361 nafar o‘quvchi qizlar uchun davra suhbati va ma’ruzalar tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Mirzaobod tumani “R. Bo‘riyev”, “Bo‘ston”, “Fayzobod”, “Guliston” hamda “Boldir” mahallalarida jami 529 nafar ayollar, bolalar hamda fertil yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi viloyatning Konizor, Mehnatobod, Do‘stlik, Bo‘zala, Xonariq hamda Xolmatobod hududlarida jami 298 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarning 95 nafarini harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tashkil etdi. O‘smir qizlar uchun ko‘rik davomida o‘quvchilarga “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” va “Qarindoshlar o‘rtasida nikoh nima uchun xavfli?” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon Ergashev,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Mijoz va uning xususiyatlari (davomi)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: