TANLOV G‘OLIBLARINI QUTLAYMIZ!

“Eng namunali muassasa” sertifikati sohiblari:

Xorazm viloyati 20-sonli “Mehribonlik” uyi (11-son, 12. 03. 2015). Nega bu muassasa faoliyatini namunali deb topdik? Zero, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylaridagi shart-sharoitlar, bolalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimizning g‘amxo‘rligi deyarli bir-biriga uyg‘un, Ushbu muassasalar amalga oshirilgan ishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Xiva “Mehribon­lik” uyi o‘z bitiruvchilarini hayotga kirib kelishiga alohida etibor beradi. Xuddi ota-onalari kabi kollej, oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan vaqtda ham ulardan ko‘z-quloq bo‘lib turadi, o‘qishlarni bitkazib, ishga tushganida yordam beradi, nikoh to‘ylarini homiy topib o‘tkazadi. Masalan, keyingi uch yilda o‘z talabasi bo‘lgan 15 nafarga yaqin tarbiyalanuvchisini ishga o‘z muassasiga olishdi. Katta-katta korxonalarga ishga joylashtirib qo‘yishdi. Bu muassasadan har yili harbiy o‘quv yurtlariga 4-5 bola o‘qishga kiradi. Bu ham bejiz emas. Xivadagi harbiy qism muassasa bolalarini otaliqqa olgan. Bu yil ana shu harbiylardan biri Surxondaryoda xizmat qilayotgan Temurga qayliqni Surxondaryoga borib sovchi bo‘lib olib kelishdi. Yana to‘yni o‘tkazib, xizmatga kuzatib qo‘yishdi. Yangi yil arafasida esa uch nafar tarbiyalanuvchining to‘yini homiylar yordamida o‘tkazib berishdi (3-son, 15. 01. 2015). Bu yerdagi bunday an’analar qadriyatlarni ko‘plab sanash mumkin. Bitiruvchilarni turar-joy bilan ta’minlash masalasida ham namunali ishlarni olib borishmoqda (11-­son, ­12. 03. 2015).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-sonli “Mehribonlik” uyida ham (9. 07. 2015 28-son) o‘ziga xos an’anaviy qadriyatlarni kuzatish mumkin. Bu muassasadan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkaziladigan bellashuvlarda har yili faol qatnashishadi. Besh nafar tarbiyalanuvchi turli yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining g‘olibi bo‘lishgan. Shuningdek, muassasa suv sporti musobaqalarida xalqaro turnir g‘oliblarini va O‘zbekiston chempionlarini yetkazib bergan. Bir so‘z bilan aytsak is’tedodli bolalarining ko‘pligi bilan ajralib turadi.

Qarshi Muruvvat uyi (23. 07. 2015 30-son) mamlakatimiz bo‘yicha bolalarni qabul qilib, ularga oiladagidek muhit, risoladagidek ta’lim-tarbiya berib kelyapti. Ayniqsa, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, turli xil to‘garaklar e’tiborni tortadi.

“Mening muassasam – mening oilam” tanlovi g‘oliblari:

Samarqand shahridagi 10-“Mehribonlik” uyi 7-guruh tarbiyalanuvchisi A. Baratovaning “Boshimni siladi Vatan qo‘llari” o‘z muassasi haqidagi maqolasi uchun (27. 11. 2014 48-son).

Яна ўқинг:  Қуёшга қараб яшаш саодати

Jizzax viloyati 29-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuv­chilari Arabulla Ahmadjonov, O‘rol Tilabov, Doston Berdiyev, Behruz Jumaboyevlarga “Jizzax manzaralari” turkumi uchun(22. 01. 2015 4-son): (09. 02. 2015 6-son): (12. 02. 2015 7-son).

Diana Azimova Toshkent shahridagi 30-sonli “Mehribonlik” uyi 9-sinf o‘quvchisi bu yilgi o‘quv yilida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yengil sanoatga ixtisoslashgan kasb-hunar kolleji 1-bosqich talabasining “Ajdodlarga ehtirom” nomli milliy qadriyatlarni ulug‘lab chizgan rasmi uchun. (20. 11. 2014 47-son).

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: