Xalq ma’naviyatining ko‘zgusi
Poytaxtimizdagi 221-umumta’lim maktabida “O‘zbek tilim – ona tilim” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda 3-5-sinf o‘quvchilari o‘zlarining chiqishlari bilan o‘zbek tilini qanchalik o‘zlashtirganini namoyish etdi.
Yer yuzida qancha millat, xalq va elat bo‘lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq bo‘lmaydi. Bular egizak tushunchalardir. Ularni bir-biridan ayirib bo‘lmaydi.
O‘quvchilar tomonidan Avaz O‘tar, Mirtemir, Erkin Vohidov kabi shoir va yozuvchilarning “Ona tilim o‘lmaydi”, “Ona tilim”, “Til” deb nomlangan she’rlari hamda til haqidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
O‘quvchilar o‘zaro so‘zlashuvda muloqot odobiga rioya qilish, vaziyatga qarab fikr bildirish, yoshni e’tiborga olib muomala qilish, go‘zal va bama’ni so‘zlash – bu insoniylik belgilaridanligini va unga amal qilish barchaning burchi ekanini yana bir bor anglab olishdi.
T. JOBBORLI