O‘zbekisiton Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 21 dekabr kuni Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Serik Axmetovni qabul qildi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilindi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2013 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingaligi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni matbuotda e’lon qilindi.
Italiyaning Pestum shahrida XV arxeologiya sayyohligi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. YUNYeSKO va BMT Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan Italiya Respublikasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbirda dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi. Yurtimizning Italiya elchixonasi ko‘magida uyushtirilgan O‘zbekiston milliy bo‘lmasi ekspozitsiyalaridan respublikamizning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida hikoya qiluvchi rang-barang axborot materiallari, xalq amaliy san’ati mahsulotlarining namunalari joy oldi.
Guliston shahrida Sirdaryo viloyati hokimligi, respublika Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Oilaviy tadbirkorlik – obod turmush asosi” mavzuida biznes-forum o‘tkazildi.
6 iyul kuni O‘zbekistonda 342ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 10362 holat), 106 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 6690 bemorga javob berilgan, 37 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 3697 nafar bemor davolanmoqda.…