Sport xabarlari (2015–42)

SAMBO

Latviyaning Riga shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi sambo bo‘yicha jahon chempionatida Samarqand oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi Jahonoy Turkmanova o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

To‘qqiz yoshidan buyon sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan Jahonoy bir necha bor mamlakat chempionligini egallab, ikki karra Osiyo chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yili Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlandi. Shundan so‘ng o‘z ustida yanada ko‘proq ishlagan Jahonoy doimiy mashqlar, ustozlar sabog‘i va o‘zidagi ishonch va intilish sababli bu yil – 18 yoshida jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, u mamlakatimiz sambochi qizlari orasida birinchi jahon chempionidir.

GIMNASTIKA

Chexiyaning Brno shahrida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, tajribali sportchimiz tasma bilan mashq bajarishda 17, 850 ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Sportchimizning bulava bilan bajargan mashqlari hakamlar tomonidan 17, 350 ball bilan baholandi va u mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rinni egalladi. A. Serdyukova to‘p bilan mashq bajarishda 17, 700 ball va xalqa bilan mashq bajarishda 17, 550 ball to‘plab, har ikkala yo‘nalishda bronza medal bilan taqdirlandi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  TADBIRI BORGA IMTIYOZ HAM, ShAROIT HAM BOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: