Minnatdorlik maktubi (2015-41)

Ustoz. Bu so‘zni tilga olganimiz zahoti ko‘z o‘ngimizda faqat ta’lim bergan insongina emas, balki hayot so‘qmoqlarida bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib borayotgan mehri qaynoq siymolar gavdalanadi. Har bir go‘dakning qalbiga mehr urug‘ini sochgan ustozlarimiz kun kelib uning hosil berishiga ham ishonadi. Yillar davomida chekilgan mashaqqatli mehnat va tinimsiz izlanishlar buning yaqqol misolidir.

Mening qalbimda adabiyotga, so‘z san’atiga bo‘lgan muhabbatni Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchimiz Mahfuza Xolmatova uyg‘otgan. Ustozimning mehnatlari samarasi o‘laroq adabiyotga, she’riyatga bo‘lgan mehrim yanada kurtak yozdi. “Kurtaklarda uyg‘ongan bahor” nomli ilk she’riy to‘plamim ustozimning tavsiyalari, yo‘l-yo‘riqlari asosida chop etildi.

– She’riyat gulzorida xushbo‘y gullar ko‘p, ammo sen shunday iforga ega bo‘lki, hech qachon erta xazon bo‘lma, – deya qimmatli o‘gitlar beradigan ustozim, shoira Lola O‘roqova she’riyat bu mening taqdirim ekanini anglatdi. Yurtimizda biz yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, qolaversa ustozlarimning yordami bilan birin-ketin “Sirli quticha”, “Yangi avlod orzusi”, “Dildoshlarim”, “Kulayotgan oftob” nomli she’riy to‘plamlarim nashrdan chiqdi. Bularning barchasiga ustozlarimning bergan saboqlari, doimiy e’tiborlari tufayli erishdim. Joriy yilda esa “Yurt kelajagi” respublika tanlovida badiiy ijod yo‘nalishida ishtirok etib, g‘olib bo‘ldim. Agar ustozlarimning maslahatlari, tavsiyalarini olmaganimda bu qadar yutuqlarni qo‘lga kiritmas edim. Ular hamisha omon bo‘lishsin. Ustozlar bor ekan, biz kabi yoshlar hayotda o‘z o‘rnimizni topib, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilaveramiz.

O‘g‘iloy NE’MATOVA,

“Yurt kelajagi” respublika tanlovi g‘olibi

Yana o‘qing:  MTMlariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: