Minnatdorlik maktubi (2015-40)

Maktabni tamomlab, do‘stlarim bilan mustaqil hayotga uchirma bo‘ldik. Ta’limni davom ettirish maqsadida kimdir tibbiyot kollejini tanlagan bo‘lsa, yana kimdir mohir dizayner bo‘lish istagida. Xullas, har birimizning maqsadimiz aniq va kelajakdagi yo‘nalishlarimiz belgilab olingan. Men ham o‘zim orzu qilgan Toshkent Moliya va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ldim.

Bino qurishda avvalo uning poydevori mustahkam bo‘lishi lozim. Shunda qurgan imoratingiz uzoq yillar davomida mustahkam turadi. Xuddi shunday, bilim olishda ham boshlang‘ich tizimning, aniqrog‘i maktabning o‘rni beqiyos. Zero, “Yoshlikda olgan bilim toshga o‘yilgan naqshdir”, deb bejiz aytishmagan. Kollejda o‘tilayotgan darslarni o‘zlashtirish, tanlagan yo‘limda og‘ishmay borishimda menga maktabdagi o‘qituvchilarimning bergan ta’limi juda katta yordam bermoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan tadbirda faol ishtirokim uchun kollej ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandim. Bunda, shubhasiz, Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 322-umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan bir-biridan mehribon va bilimdon ustozlarimning o‘rni beqiyos.

Bugungi “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan 322-umumta’lim maktabi ma’muriyati va ustozlarim Maysara Hattobova, Dilfuza Ashirmatova, Dilmira Abdumajidova hamda Aziza Ahmedovalarga cheksiz minnatdorlik izhor qilaman. Sizlar bergan bilimni oqlab hamisha yuzingizni yorug‘ qilishga, ona Vatanimga nafi tegadigan fidoyi inson bo‘lishga barcha maktabdoshlarim qatori men ham va’da beraman. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Azizaxon MAHMUDOVA,

Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi

Inson bor ekanki, oilasi tinch, ro‘zg‘ori but, dasturxoni to‘kin bo‘lishni istaydi va shunga intiladi. Yurtimiz tinchligi va osuda turmushimiz har bir fuqaro hayotining farovonligini ta’minlaydi. Mamlakatimizdagi ishlab chiqarish sur’atining jadal yuksalishi, sog‘lom raqobatning vujudga kelishi, avvalo, shu yurtda istiqomat qilayotgan fuqarolarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Bu yaxshi albatta. Zero, bundan mahsulotlarning sifati xorijda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan sira qolishmaydi, narxi ham hamyonbopligi barchaga manzur.

“Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi” deganlaridek, afsuski, ba’zida o‘z ishiga qo‘l uchida qaraydigan tadbirkorlar ham yo‘q emas. Men poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan yumshoq mebellar ishlab chiqaradigan korxonalarning biridan yumshoq mebel xarid qilgan edim. Ammo mahsulot bir oy o‘tmasdan o‘z sifat darajasini yo‘qotdi. Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga bir necha bor qilgan murojaatim esa har safar javobsiz qoldi. So‘ngra tuman Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildim. Mazkur muassasaning jonkuyar xodimlari murojaatimni bee’tibor qoldirishmadi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli mushkulim oson bo‘ldi. Korxonadan ko‘rilgan zararim to‘liq undirilib berildi. Bu esa yurtimizda iste’molchilarning huquqi qonun himoyasida ekanligidan dalolatdir.

I. UMAROV,

Yana o‘qing:  Fotih va faylasuf

Jizzax viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: