USTOZ-ShOGIRDLIK HAQIDA
Ilmni kim vositai joh etar,
O‘zni-yu xalqini gumroh etar.
***
Kishikim qilsa olimlarga ta’zim,
Andoqki qilur payg‘ambarga ta’zim.
Alisher NAVOIY
Olim kishi so‘zidan olgil o‘git,
Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.
Mahmud QOSHG‘ARIY
Ibn Abbosdan:
– Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding, – deb so‘radilar.
U shunday javob berdi:
– Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o‘qituvchi bilan.
“Favoqih al-julaso” asaridan.
To‘rt narsa o‘lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do‘st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo‘ladigan dono aql.
Muiniddin JUVAYNIY