Zamonaviy uskunalar tibbiyot rivojiga xizmat qiladi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da sakkizinchi xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo – 2015” tibbiyot ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida “IEG Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida aholining barcha qatlamlari malakali tibbiy xizmat bilan qamrab olindi. Skrining markazlari, tug‘ruq majmualari, viloyatlar ko‘ptarmoqli shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari xalqimizning sog‘lom hayot kechirishini ta’minlamoqda. Prezidentimizning 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

An’anaviy “UzMedExpo” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi soha mutaxassislarini tibbiy-ilmiy yangiliklar va ishlanmalar, innovatsion loyihalar bilan tanishtirish, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtiroki yil sayin ortmoqda. Shuningdek, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina singari davlatlardan o‘nlab korxona va firmalar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma stendlarida dori-darmon, tibbiy diagnostika, laboratoriya va davolash uskunalari, tabiiy farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari, rentgenologiya, stomatologiya, fizioterapiya, jarrohlik, kardiologiya, tibbiy reabilitatsiya va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan yangi preparatlar, mineral qo‘shimchalar va vitaminlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, sanitariya va gigiyena vositalari, tibbiyot sohasi uchun maxsus mebellar namoyish etilmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma mamlakatimiz va jahon sog‘liqni saqlash tizimida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarni namoyish etishi bilan ahamiyatlidir. Bu tibbiyotning barcha yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, sohadagi talab va takliflarni o‘rganish, mamlakatimizga xorij sarmoyasini jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

N. NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: