Ma’naviyat va ma’rifat namoyishi

Kitob tafakkurning tolmas qanoti. U insonning ma’naviy olamini boyitadi. Ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi. Buyuk bobokalonlarimiz ham bola tarbiyasida kitobning o‘rni beqiyosligini ko‘p bor ta’kidlagan. Uni qadrlash, shuningdek, bunday bebaho adabiy merosdan samarali foydalanish kerakligini aytib o‘tgan.

Ayniqsa yoshlar kitob orqali atrofidagi olamning rang-barangligini ko‘radi va o‘zini qiziqtirayotgan turli savollarga javob topadi. Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylashga o‘rganadi. Turli sohalardagi yangiliklar, adabiyot va san’atga doir, yurtimizdagi o‘zgarishlar hamda yangilanishlar haqida kengroq bilimga ega bo‘ladi.

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostidagi “Bolalar kitobi” II respub­lika festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur festivalda noshirlar, matbaachilar, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda tahririyatlar, nashriyotlar, media tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan kitob va bosma mahsulotlar yetkazib beruvchi tahririyatlar, bosmaxonalar, nashriyotlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgani, ular bir qator to‘lov va soliqlardan ozod etilgani rang-barang kitob va bosma materiallarni tayyorlashda asosiy omil bo‘lmoqda.

“Bolalar kitobi” II respublika festivalidan ko‘zlangan maqsad adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat, noshirlik sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuq va marralarimizning ma’no-mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish, bolalar adabiyotini rivojlantirish, farzandlarimiz ma’naviyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Mamlakatimiz nashriyotlari tomonidan har yili 3 ming nomdan ortiq, umumiy adadi 45 million nusxadan ziyod kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Ellikdan ortiq nashriyot bolalarga atalgan noshirlik mahsulotlarini taqdim etib kelmoqda.

Mazkur festivalda oltmishdan ortiq nashriyot va matbaa korxonasi o‘z kitob va bosma mahsulotlarini taqdim etdi. “Eng yaxshi yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Mening birinchi kitobcham”, “Atrof-olam muhofazasi – salomatlik garovi”, “Mo‘jiza emasdir falakda oftob, mo‘jiza aslida beminnat kitob”, “Kitob – eng yaxshi sovg‘a” mavzularida intellektual musobaqalar, viktorinalar, ijodiy tanlovlar, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Shu kuni “Turkiston” saroyida “Kitob – ma’naviyat sarchashmasi” deb nomlangan tadbir va konsert bo‘lib o‘tdi. Respublika yosh tomoshabinlar va qo‘g‘irchoq teatrlarining spektakllari, bolalar badiiy jamoalarining chiqishlari bayramga yanada fayz baxsh etdi.

Yana o‘qing:  Allergiyaga qarshi dori ishlab chiqarildi

B.HALIMOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: