ShOKOLADLI PIROG
Zarur mahsulotlar: 200 gr tvorog, 50. gr shakar, 50 gr. kokos qirindisi, kraxmal 3 osh qoshiq, 2 ta tuxum sarig‘i. Xamiriga: 2 ta tuxum, 50 gr. shakar, 50 gr. shokolad, 3 osh qoshiq un, 2 osh qoshiq kraxmal, 3 osh qoshiq kakao, vanilin paketcha, xamir ko‘pirtirgich bir chimdim.
Tayyorlanishi: Tvorogni idishga solib ustiga shakar, kraxmal, kokos va tuxum sarig‘ini solib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiramiz. Tayyor aralashmadan bir xil hajmdagi dumaloqchalarni yasab chiqamiz. Tuxum sarig‘ini shakar vanilin bilan yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan shokoladni qo‘shamiz. So‘ng kraxmal, xamir ko‘pirtirgich va kakaoni qo‘shib aralashtiramiz. Endi ikkala aralashmani birlashtiramiz. Tuxumni oqini 30 gr. shakar bilan ko‘pirtirib olamiz. So‘ng uni shokoladli aralashmaga ehtiyotlik bilan qo‘shib pastdan tepaga qilib aralashtiramiz. Qolipga pergament qog‘ozidan qo‘yib, tvorogli dumaloqchalarni terib chiqamiz. Ustidan ehtiyotlik bilan shokoladli aralashmani quyamiz. Duxovkada 180° darajada 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pirog pishgach bezak sifatida ustidan glazur qiyomini quyamiz.
BEGOYIM