Seni yurakdan alqayman – vatan!

O‘quv yili yakuniga yetayotgan paytda adbiyot o‘qituvchimiz bizlarga ta‘til davomida Vatan tuyg‘usi haqida insho yozib kelishni topshirdilar. O‘ylanib qoldim, Vatan degani nima o‘zi? Mening nazarimda vatan bu bobomning har kuni dasturxon boshida uzundan uzoq duo qilishlariga, buvimning xotirjamlik bilan o‘tirib bizlarga tug‘ilib o‘sgan joy nimaligi haqida maslahatu rivoyatlar aytib berishlariga sabab bo‘lgan muqaddas oshyon. Onamning bizdan xotirjamligi, bizning esa kelajakda o‘zimiz istagan inson bo‘lishimizni ta‘minlaydigan mehribon ona. Vatan eng avvalo mening oilam, mahallam, maktabim va bor yo‘g‘imdir.

Har bir insonning o‘zi tug‘ilib, o‘sgan vatani bo‘lib, bu oshyon o‘sha inson uchun muqaddas hisoblanadi. Uning muqaddasligini vatan tarixi, uning me‘moriy obidalari, chehrasida quyoshning tafti mujassam, mehri daryo insonlarida ko‘raman. Sajdagohdek muqaddas sanalishining boisi ham mehnatkash, qo‘li gul odamlari, oltinga teng tuprog‘i, jannatga qiyos iqlimida deb o‘ylayman.

Oddiygina qilib aytsam, vatan – bu men tug‘ilib o‘sayotgan shahrim, mening oilam, mening maktabim, mening mahallam. Umuman vatan desam, shu ona diyorimda kechayotgan har bir lahzalarim, yaqinlarim, men ko‘rgan va yashayotgan go‘zal shahrimning har bir burchagi ko‘z oldimda kaftdek namoyon bo‘ladi.

Vatanni sevmoq – iymondandir. Vatanni sevish, uni ardoqlash, ko‘z qorachig‘imizday asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir.

Har safar yurtim haqida ijod qilganimda, uni go‘zalligini, nechog‘li muqaddasligini his etaman. Seni o‘z ijodimda, qalbimda alqayman – Vatan!

Mohira Ahmadjonova,

Toshkent shahridagi, 38-maktab o‘quvchisi

Яна ўқинг:  "5" bahoga aylangan "2"

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: