Obod yurtda bolalar shodon ulg‘ayadi

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Maktab ta’limini rivoj­lantirish davlat umummilliy dasturi” singari qonun va qarorlar, davlat dasturlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Bu boradagi sa’y-harakatlar samarasida maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar butunlay yangi qiyofa kasb etmoqda. Ushbu muassasalarda tarbiyalanayotgan bolajonlar zamonaviy o‘quv qurollari hamda yangi pedagogik texnologiyalar yordamida olib borilayotgan mashg‘ulotlar natijasida o‘z bilimlarini mus­tahkamlab, yangi marralar sari olg‘a intilmoqda.

Namangan viloyati Chust tumanidagi 27-maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan 120 nafar kichkintoylar ham istiqlol bergan imkoniyatlardan bahramand bo‘lib ulg‘aymoqda. Muassasada tarbiyalanuvchilarning boshlang‘ich ta’limdan zamonaviy saboq olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Har bir bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, salomatligini nazorat qilish doimiy e’tiborda. Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida xorijiy tillar, raqs va badiiy gimnastika kabi to‘garaklar tashkil etilgan.

Mirolim Isajonov,

Namangan viloyati.

Yana o‘qing:  Baxt – tinch osmon ostida har bir soniyani to‘g‘ri sarflashdir!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: