Yurtga madadkor yoshlar

Mustaqillik yillarida yurtimizda bilimli, ma’nan va jismonan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ulkan intellektual salohiyatga, yuksak ma’naviyatga ega o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi va bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yoshlarning barkamol ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etildi.

Ulkan islohotlar samarasi o‘laroq bugun yurtimizda dunyoqarashi keng, ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom va barkamol mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari rivojlanishi yo‘lida ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga mamlakatimizda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘plab imkoniyatlar muhayyo.

– Tadbirkorlik kasbiga qiziqishimga aslida otam sababchi bo‘lgan. Biz kichik biznes bilan oilaviy shug‘ullanamiz, – deydi Ohangaron tumani “Sanoat kasb-hunar kolleji”da taxsil olayotgan 2-bosqich talabasi Javlonbek Yoqubjonov. – 2014 yil avgust oyida bankdan 20 million so‘mlik kredit olib, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatimni boshlaganman. 2015 yil fevral oyida kredit mablag‘larini muddatidan oldin qaytardim. Bir oydan so‘ng esa qo‘shimcha biznes loyiha bilan imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘ldik. Bu esa faoliyatimning rivojlanishida muhim vositaga aylandi. “Tashabbus-2015” tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan bo‘lsam, viloyatda “Eng yosh tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Ishbilarmon talaba – 2015” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldim. Hozirda besh nafar ishchi faoliyat yuritayotgan korxonamiz bor. Polietilen plyonkasi ishlab chiqarish orqali o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yganman. Kelajakdagi rejalarim uzoq muddatga yetadigan sifatli plyonka ishlab chiqarish, kredit olib Germaniyadan texnologiya keltirib xalqimizga yanada sifatli mahsulot yetkazib berish niyatidaman.

Vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning ulushini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish borasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan bir qator vazirlik, idoralar va tijorat banklari hamkorligida turli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida 2011 yildan buyon “Mening biznes g‘oyam” loyihasi o‘tkazilmoqda.

Yana o‘qing:  Bo‘lajak sportchilar davrasida

Loyihaga 2011 yildan 2014 yilga qadar 233 ming nafardan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik-litsey bitiruvchilari jalb qilingan bo‘lsa, 2015 yilning o‘zida 156 ming 354 nafar yoki respublika bo‘yicha jami bitiruvchilarning 30, 1 foizi qamrab olindi.

Tanlovning respublika bosqichida esa turli yo‘nalishlar bo‘yicha 33 nafar yosh g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ularga 394, 3 mln. so‘mlik imtiyozli mikrokredit mablag‘lari ajratilishi yuzasidan tavsiyanomalar berildi.

Tanlovning 5 yillik faoliyati tahlil qilinganda ishtirokchilar soni 390 mingdan ortiq bo‘lganligini, shundan 1ming 705 nafariga jami 12, 4 mlrd. so‘m imtiyozli mikrokreditlar olish tavsiya etilganligini, buning natijasida 4 ming 200 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.

“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi bilan bir qatorda “Yosh tadbirkor” konsultativ markazlari ham ko‘plab yoshlarning tadbirkorlik layoqatini ro‘yobga chiqarishga amaliy vosita bo‘lmoqda. Shu maqsadda 32 ta konsultativ markazlarda 350 nafar biznes trenerlar faoliyat yuritib kelayotgani esa mamlakatimizda chinakam tadbirkorlik muhiti shakllanganining amaliy ifodasidir.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: