Hunar naf keltirar – ILM ShARAF-ShON

Yurtimizda ma’nan va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bu borada amalga oshirilgan bir qancha amaliy ishlar bunga yaqqol misoldir. Xususan o‘quvchi yoshlarning maktabdan tashqari ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularga maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar berish maqsadida respublikamizda “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyat olib boradi. Mamlakatimizda bu kabi markazlar soni 211 tani tashkil etadi.

Shulardan biri Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan “Barkamol avlod” bolalar markazidir. Mazkur markaz o‘z ish faoliyatini joriy yilning fevral oyidan boshlagan. Markazda o‘z ishining mohir ustalari, yangilikka intiluvchan pedagoglar o‘quvchilarga saboq berib kelishmoqda. Shu qisqa muddat ichida markaz o‘quvchilari bir necha tanlovlarda qatnashib, ustozlar ishonchini oqlab muvaffaqiyatli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Xususan, “2015-yilning eng yaxshi ixtirochisi” Respublika bolalar festivalida Feruza Qurboniyozova, Shaxriyor Davlatboyev viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

– Festivalda”Texnik ijodkorlik yo‘nalishi” bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim. Bu natijaga erishishimda ustozlarim va meni doimo qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onamning xizmatlari katta. Bizning “Barkamol avlod” markazida yaratilgan imkoniyatlar, ustozlarim mehnati kelajakda katta-katta ixtirolar qilishimga zamin yaratadi, – deydi Shaxriyor Davlatboyev.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – har bir bolaning bilim darajasini, ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va to‘laqonli rivojlantirish orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishga erishish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat. Shu maqsadda markazda texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarga ta’lim beriladi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha “Radiotexnika”, “Elektronika va aloqa”, “Kompyuter dizayni va grafika”, “Yosh dasturchi”, “Kulolchilik”, “Duradgorlik”, “Fotodizayn”, “Yosh arxitektor”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh o‘lkashunos”, “Yosh ekolog”, “Yosh zoolog”, “Yosh jurnalist va notiq” kabi bir qancha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu maskanda 12 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatadi, kun davomida 120 nafar bola o‘z qiziqishlari doirasida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari bitiruvchilarga qo‘shimcha ta’lim olganligi to‘g‘risida guvohnoma taqdim qilinadi. – Markazimiz to‘garaklariga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb etildi. Yurtimiz egalari bo‘lmish barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga markazimizda alohida e’tibor beriladi. Shu maqsadda har bir to‘garak o‘qituvchilari doimo izlanishda, – deydi bilim dargohi direktori, xalq ta’limi a’lochisi Abdullo Jumayev.

Yana o‘qing:  QADRIYATGA AYLANGAN FAOLIYAT

“Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati bilan tanishar ekanman, bir-biridan shinam, zamon talablariga javob bera oladigan xonalardagi faol ijodiy jarayonlarga guvoh bo‘ldim. Malakali, o‘z kasbining fidoyi o‘qituvchilari o‘quvchilar bilan tinimsiz ijodiy izlanishlar olib bormoqda. Bolalarning bajarayotgan mashg‘ulotlardan mamnunlik ifodasi ularning yuzlarida aks etib turibdi.

– Joriy yilda markaz binosi kapital ta’mirdan chiqarildi va eng quvonarlisi badiiy gimnastika guruhi tashkil etildi. Hozirda mazkur guruh 30 nafar badiiy gimnastikani sevuvchi jajji qizaloqlarni o‘z bag‘riga jamlagan. Qizlarning quvonchini ko‘rib dilim yayraydi, – deydi mazkur guruh rahbari Ra’no Yangiyeva. Rosti endigina tashkil qilingan bo‘lsada, qizlarning badiiy gimnastikaga qiziqishi, murakkab mashqlarni osonlik bilan bajarishini ko‘rib hayratda qoldim.

“Barkamol avlod” markazida o‘quvchilarni boy Vatanimiz tarixi, arxeologik va madaniy merosning o‘rganilishi, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologik va atrof-muhit tozaligi sohasida asosiy bilimlarni egallash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: