Bo‘lajak sportchilar davrasida
Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida Navoiy viloyati, Navoiy shahar 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Kichkintoy-shirintoy” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaga viloyatning barcha tuman, shahardagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 5-6 yoshdagi tarbiyalanayotgan bolajonlar jalb etilgan bo‘lib, tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyat filiali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va uning bo‘limlari, Navoiy shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limi hamda 4-sonli maktab jamoasi tomonidan tashkillashtirildi.
“Kichkintoy – shirintoy” sport musobaqasi Navoiy viloyat bosqichida g‘oliblikni Konimex tumanidagi 2-sonli maktagacha ta’lim muassasasining “Oltin” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Qiziltepa tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining “Oltin baliqcha” jamoasi munosib deb topildi. Uchinchi o‘rin Nurota tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining “Feruza” jamoalariga nasib etdi.
Farhod ZAMONOV, Navoiy viloyati