HAMKORLIK SAMARA BERADI

Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘zbekistonlik va singapurlik shifokorlar yuqori lab va qattiq tanglay, yuz-jag‘ida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Singapurning “Smile Asia” xalqaro tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik bitimi asosida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotir.

– Yurtingizda aholi, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tibor, tibbiy muassasalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, ochig‘i, havasim keldi, – deydi singapurlik jarroh Kay Jen. – E’tirof etishim joizki, O‘zbekiston aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan dun­yodagi yetakchi mamlakatlardan biridir. Biz, Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bu yerdagi sharoitlardan mamnun bo‘ldik. Ushbu shifoxona bolalar sog‘lig‘ini tiklash uchun zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bolalar salomatligini tiklashda katta samara bermoqda.

Tadbir doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan ikki yuzdan ziyod bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yuqori lab va qattiq tanglayida nuqsoni bor bemor bolalar jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.

Abbos ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  BADIIY GIMNASTIKA: UNDA MAHORAT VA NAFOSAT MUJASSAM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: