TEZKOR VA SAMARALI huquqiy tizim ishga tushdi

Sud-huquq sohasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladigan ishonchli tizimga aylandi. Ayniqsa, mazkur sohani isloh qilishning qonunchilik asoslari zamon talabi, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq takomillashayotganini dunyo hamjamiyati ham e’tirof etmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda AQSH Xalqaro Taraqqiyot agentligi hamkorligida tayyorlangan “E-Sud” – milliy elektron sudlov tizimi afzalliklariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 2 avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sudlar faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim das­turilamal bo‘ldi. Shu asosida sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani tizimda o‘ziga xos yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur tizim orqali sudga murojaat qilishning afzalligi shundaki, sud­ga murojaat qiluvchi fuqaro tizimga kirib, sudga da’vo talabi bilan murojaat qilishda qanday hujjatlar ilova qilinishi lozimligi, arizani rasmiylashtirish, davlat boji to‘lovi miqdori, qo‘shimcha taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar borasida to‘liq ma’lumot oladi. Xususan, tizimning o‘zi fuqaro da’vo ariza turini tanlashi bilan nizoni sudda ko‘rib chiqish uchun lozim bo‘lgan ma’lumotlarni so‘raydi. Da’vo ariza topshirilgach, sud tomonidan ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi yoxud harakatsiz qoldirilgani haqida ma’lumot sud veb-sahifasida aks etadi. Natijada sudga murojaat qilgan fuqaroda sudning tegishli ajrimi bilan tanishish va uni olish imkoni paydo bo‘ladi.

Tajriba tariqasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudida sinovdan o‘tkazilgan mazkur axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani ish sifati va samaradorligi oshishiga olib keldi. Mazkur tizim joriy etilganidan buyon qirq mingdan ziyod ariza elektron shaklda ko‘rib chiqilgan. Ularning tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi va ariza beruvchilarning manfaatlari himoya qilinishi ta’minlangan. Ayni paytda elektron sudlov tizimi poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi o‘nga yaqin sudda o‘rnatildi.

Sud tizimida zamonaviy imkoniyatlardan foydalanilayotgani xalqimiz uchun yaratilgan katta qulaylik bo‘lishi bilan birga, xalqaro amaliyotga ham to‘la mos keladi. Bu sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini yuksak darajada himoyalashga xizmat qiladi.

N.NORBOBOYEV,

Yana o‘qing:  BOLALAR XORIJDA DAVOLANADI

“Sog‘lom avlod”muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: