Nur o’ynaydi soyda yaltirab

TONG

Tinch, osuda bog’da kezganda

Xayol chulg’ar inson ongini.

Shabadalar esib yoqimli

Quyosh chalar sahar bongini.

Nur o’ynaydi soyda yaltirab

Ajib xonish boshlaydi bulbul.

Har tarafga iforin sochib,

Go’zal bo’lib ochiladi gul.

Qalbda ta’rif bo’lmas uyg’unlik

Hur Vatanning mehrimikan bu.

Ko’nglimga o’z izhorin solgan,

Sokin tongning sehrimikan bu.

           

SHU BAXTNING O’ZI KIFOYA

Tongi shabadalar sochim silasa

Onam kaftlarining taftin tuyaman.

Yuragim entikar ajib tuyg’udan

Onajon, baxtimni siz-la ko’raman.

Gohida koyiysiz nasihat berib,

Unda ham mehringiz sezib turaman.

Yillar soya solgan har bir ajinda

Onajon, zahmatning izin ko’raman.

Izingizga iz bo’lamiz hamisha,

Har narsadan a’lodir so’zlaringiz,

Onajonim bir Xudodan so’rayman

Albat, sizga o’xshasin qizlaringiz.

Zulfiya ISMATOVA

Yana o‘qing:  Xatarli rishtaning xotimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: