ORZULAR
 	Orzularim parvoz etar,
 	Ko‘k toqiga zumda yetar.
 	Quyosh kabi yorug‘ ertam,
 	Meni chorlab maftun etar.
 	ATIRGULIM
 	Dona-dona g‘unchalaring,
 	Chiroy ochar gulchalaring,
 	Shudring yuvsa yashnar dilim,
 	Atirgulim, atirgulim.
 	Surayyo ABDUQAHHOROVA,
 	Yakkabog‘ tumani