EKOLOGIYa VA JAMOATCHILIK NAZORATI

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligida atrof-muhitni muhofaza qilish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda aholining faolligini kuchaytirish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Mazkur qonunda ekologik nazoratni amalga oshirishning aniq mexanizmlari belgilangan. Unga ko‘ra davlat tashkilotlari bilan birga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ham ekologik nazorat jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.

Ushbu mavzuga bag‘ishlab Uchtepa tumanida tashkil etilgan seminarda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonun hujjatlari buzilganda fuqarolarning tegishli davlat organlariga murojaat qilish tartibi kabi masalalar muhokama etildi.

Tadbirda yurtimizda ekologik das­turlar va loyihalarni amalga oshirish jarayonida davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi samaralari, yoshlarni bu boradagi milliy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalashda “Oila – mahalla – maktab” hamkorligi doirasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Dilafruz QODIROVA

Yana o‘qing:  ISTIQLOL YULDUZLARI KASHF ETILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: